O‘zbekistonda diniy taassublik tufayli, bir guruh shaxslar tomonidan yoki qurol yoki xavfli narsalar yordamida qasddan badanga yengil shikast yetkazish jazosi kuchaytirildi.
Skuter va samokatda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Yuk mashinalari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun jarima joriy etilmoqda. YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Deputatlar qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi bo‘yicha qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat bilan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda.
O‘zbekistonda endi kriptoaktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish yoki jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
Prezident o‘qituvchilarni mehnatga majburlaganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni belgilovchi va mehnatga noqonuniy aralashganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. «Endi siz qonun himoyasidasiz», — deydi prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov.
O‘zbekistonda pedagoglarning ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ularni takror ma’muriy mehnatga jalb qilganlar BHMning 150−200 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Old o‘rindiqda xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimani yo‘lovchining o‘zi to‘laydi, deya ma’lum qildi IIV. Jarima miqdori BHMning yarmini (135 ming so‘m) tashkil qiladi. Biroq, MJTKga hali yo‘lovchilar javobgarligi bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmagan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, endilikda davlat chegarasi rejimini buzib o‘tganda qo‘llanilgan jarimani to‘lagan xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekistondan ma’muriy tarzda chiqarib yuborilmasligi mumkin. Shuningdek, chegara zonasini buzishga oid ishlar DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati 2021 yilning 1 oktabridan beri respublika bo‘yicha 56 mingdan ko‘proq budjet va xo‘jalik yurituvchi tashkilotlarda tekshiruvlar o‘tkazgan. Buning natijasida koronavirusga qarshi emlanmagan 41 179 nafar ishchi-xodimlar vaqtincha ishdan chetlatilgan, 4 139 ta holatda esa ish beruvchi jarimaga tortilgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, karantin ostidagi mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish — fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 10 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Transport vositasi salonining old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi. Biroq, harakat vaqtida ulardan dasturlarni tomosha qilishda foydalanish taqiqlanganicha qolmoqda.
Haydovchilarning yonida pasport (ID-karta) mavjud bo‘lgan taqdirda, ulardan haydovchilik guvohnomasi, texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisini olib yurish talab etilmaydi. O‘zgartishlar 3 oydan keyin — 1-martdan kuchga kiradi.
O‘zbekistonda haydovchilarga harakat vaqtida quloqchin va qo‘l ishlatmasdan muloqot olib borish imkonini beruvchi boshqa qurilmalar orqali telefondan foydalanishga ruxsat berildi. O‘zgarishlar 1 dekabrdan kuchga kirdi.
Prezident imzo chekkan qonun bilan shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi, jumladan jarimalar miqdori bir necha baravargacha oshirildi.
Profilaktika inspektorlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar ro‘yxati kengaytirildi. Jumladan, endiklikda «uchastkavoylar» haydovchilarning to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi hamda voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishlari mumkin.
Qonunchilik palatasining ikki partiyasi tomonidan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda «Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunga Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilashga oid normalar kiritish birinchi o‘qishda qabul qilindi.
«Milliy tiklanish» DP fraksiyasi a’zolari tomonidan berilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalariga o‘zgartirishlar kiritish taklifi birinchi o‘qishda ma’qullandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting